Rossiyada dunyoning eng qudratli pushkasi sinovdan o‘tkazildi - video

Rossiya Mudofaa vazirligi dunyoning eng qudratli pushkalaridan biri - o‘zi yuruvchi 2S7M "Malka"artilleriya qurilmasi sinovdan o‘tkazilishi jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi.
Sputnik

Kadrlarda rossiyalik artilleriyachilarning Kuzbassdagi otuv mashqlari ko‘rsatilgan. Ular shartli dushman pozitsiyalari bo‘ylab 30 kilometr masofadan o‘q uzishgan.