Xususan, italiyalik fotomodel va teleboshlovchi Mara Karfanya siyosat maydoniga 2004-yilda kirib kelgan. U hozirda Forza Italia partiyasi a’zosi va deputatlar palatasi vitse-prezidentidir.
Umuman olganda, go‘zallar nega siyosatni tanlashi haqida turli fikrlar mavjud. Ular hamisha ham bunday yo‘lni tanlayvermaydi, ehtimol modelchilik biznesida o‘zlarining ishbilarmonlik xususiyatlarini to‘laqonli namoyon eta olmaganliklari tufayli shu sohani tanlashar... Yana ham kim bilsin, deysiz.
Yana qaysi zebolar modelchilik kasbini siyosat yoki jamoatchilik va xayriya yo‘nalishidagi faoliyatga almashtirishganini Sputnik fotolentasida tomosha qiling.