TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Bosh prokuratura Surxondaryo viloyatida MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatish holati yuzasidan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 12.11.2019 yil soat 14:30 larda Surxondare viloyati, Boysun tumani, Pasurxi mahallasida yashovchi fuqaro U.A. (1981 y.t., ishsiz) yashash xonadoniga xizmat vazifasi yuzasidan kelgan MIB tuman bo‘limi xodimi I.P.ga tan jarohati yetkazib, qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan 21.11.2019 yilda Boysun tumani prokuraturasi tomonidan U.A.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov olib borilmoqda.