Samarqandda qalin qor yog‘di

Samarqand viloyati qalin qor bilan qoplandi. Havo harorati 0... -2 darajada, avtomobil yo‘llarida harkat to‘xtagani yo‘q.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Bugun tongda oppoq qor bilan qoplangan Samarqanda shahri yanada ko‘rkam manzaraga ega bo‘ldi.

Samarqand viloyatida qalin qor yog‘di, havo  harorati 0 ... -2 darjada sovuq bo‘ldi. Shahar atroflarida qor yanada qalinroq yoqqan edi. Havo harorati unchalik sovuq bo‘lmagani sababli avtomobil yo‘llarda yoqqan qor darhol eriy boshladi.

Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra, bugun Toshkentda ham qor yoqqan.

Samarqandda qalin qor yog‘di

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston gidrometerologiya markazi Respublikada 21 – 24-noyabr kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli borligi haqida ogohlantirgan edi.

Prognozga ko‘ra, O‘zbekistonda 22 – 24-noyabr kunlari tunda havo harorati 0...-5 gradusgacha,  ayrim hududlarda -8 gradusgacha pasayishi mumkin. Kunduzi  havo  -2...+ 3 darajagacha bo‘ladi.

Respublika shimolida, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida tunda havo -10...-15 darajagacha kunduzi -2...-7 darajagacha sovushi mumkin.