O‘zbekiston MSK nomzodlar orasida "o‘lik jonlar" borligini rad etdi

Sal oldin internet tarmoqlarida bir necha yil oldin vafot etgan shaxs deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi
Sputnik

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olingan nomzodlar orasida "o‘lik jonlar" borligi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

O‘zbekiston MSK siyosiy partiyalardan nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi

MSK telegram kanalida ushbu ma’lumot tasdiqlanmagani haqida aytilgan.

"Markaziy saylov komissiyasi 20-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsni deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi tahminiy xabarlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi", - deyilgan xabarda.

Ushbu xabar tarqalishiga sabablar, "o‘lik jon" sifatida aynan kim ro‘yxatga olingani haqida tushuntirish berilmagan.

O‘zbekistonda Parlament saylovlari 2019-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadi. Parlamentdagi 150ta o‘ringa mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta partiyalar tomonidan ilgari surilgan 750 nomzod da’vogarlik qilmoqda.