TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi rektori o‘zgardi, deb xabar berildi "Huquqiy axborot" telegram kanalida.
"Hukumat qarori bilan Rustam Sabirovich Kasimovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi", - deyiladi xabarda.
Vazirlar Mahkamasining qarori 21 noyabrda imzolangan.
Kasimov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda shu kunga qadar Shuxrat Akmalovich Yovqochev faoliyat yuritgan. Yovqochev 2018-yil avgust oyi oxirida ushbu lavozimga tayinlangan edi.