O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

"Tinchlik uchun” respublika xayriya aksiyasi doirasida yig‘ilgan gumanitar yordam Mozori-Sharif shahriga yetkazib berildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston “Tinchlik uchun” respublika xayriya aksiyasi doirasida yig‘ilgan gumanitar yordamni Afg‘onistonga jo‘natdi. Yuklarni Mozori-Sharif shahriga yetkazib berishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur xayriya aksiyasi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Afg‘onistonda yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1-sentabridan 1-oktabriga qadar bo‘lgan muddatda amalga oshirilgan.

Undan kelib tushgan barcha mablag‘lar yoshlar uchun zarur bo‘lgan badiiy adabiyot, o‘quv-qurollar, kiyim-kechak va sport anjomlarini xarid qilish uchun sarflanadi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Bularning barchasi Afg‘onistondagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar va afg‘on yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.