Habib Nurmagomedovni Toshkent aeroportida tantanali kutib olishdi

Habib Nurmagomedovni Toshkent aeroportida ko‘p sonli muxlislar va Jimoniy tarbiya vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov 20-noyabr kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

20 noyabr kuni Toshkent aeroportida uni ko‘p sonli muxlislar va O‘zbekiston Jimoniy tarbiya vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi. Shuningdek aeroportda mehmonlarni o‘zbekona karnay-surnay va bir guruh jurnalistlar kutib oldi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun 21-noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 23-noyabr kuni GFC 20 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Habib unda taklif qilingan nufuzli mehmon sifatida ishtirok etadi.