Amerikalik ekspert Rossiyaning yangi avtomatini baholadi

AQShning National Interest nashri eksperti Rossiyaning katta kalibrli ASh-12 hujum avtomatiga yuqori baho berdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. National Interest nashri Rossiyaning katta kalibrli ASh-12 hujum avtomatiga yuqori baho berdi. Uni jang maydonidagi dahshat deb atadi.

FXX generali kontrrazvedka yangi qurol yaratishga qanday yordam berganligini aytdi

Maqola muallifi ta’kidlashicha, avtomat FXX kuchishlatar bo‘linmalari uchun ishlab chiqarilgan va otish masofasi unchalik muhim bo‘lmagan holatlarda qo‘llashga mo‘ljallangan.

SS-130 patron katta kalibrli 12,7×55 mm nishonlarni tezkorlik bilan yakson qila oladi. Bu qisqa masofadagi taktik maqsadlarni hal qilishga yordam beradi.

Muallif o‘qlarning turiga ham e’tibor qaratdi: zirhni teshadigan o‘qlar, qobiqli va tandem ikki o‘qli.

Uning fikriga ko‘ra, bu qurolning taktik jihatdan ko‘p maqsadli ekanligidan dalolat beradi.