Jizzaxda 7 nafar yollanma ishchi is gazi sabab vafot etdi

Ayanchli hodisa Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosidagi qurilishda sodir bo‘ldi. Hozirda viloyat prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Jizzaxda 7 nafar yollanma ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Ko‘rinmas qotildan saqlaning

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hodisa 19-noyabr kuni  Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosida sodir bo‘lgan. U yerda qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.   

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda is gazi uch kishini hayotdan olib ketgani xabar qilingan edi.