Rossiyalik turistlar yil boshidan buyon O‘zbekistonda necha pul sarflashdi

Chiptalarni onlayn-bronlash bo‘yicha yetakchi xizmatlar ham Buyuk ipak yo‘li hududida joylashgan O‘zbekistonga qiziqish ortgani kuzatmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiya fuqaro 2019-yilning yanvar-oktabr oyida O‘zbekistonga turistik sayohatlari davomida 250 million dollar sarflashdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 million dollarga ko‘pdir. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.

Ushbu davr mobaynida O‘zbekistonga tashrif buyurgan rossiyaliklar soni 25,2 foizga o‘sgan va 393 mingdan ortiq kishini tashkil etgan.

“Titan Travel”: O‘zbekiston 2020-yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakat

“Rossiya bozori – O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirishdagi asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri, rossiyalik turistlar orasida mintaqaning mashhurligi faol ravishda oshib bormoqda. Biz mehmonlarimiz kelishi va o‘z uylaridek his etishlari uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, - deya ma’lum qilgan Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Feruz Dodiyev.

Aviasales chiptalarni va Ostrovok.ru mehmonxonalarni onlayn-bronlash  bo‘yicha yetakchi xizmatlar ham Buyuk ipak yo‘li hududida joylashgan O‘zbekistonga qiziqish ortganini qayd etmoqda.

Toshkent va Samarqand turistlar orasida mashhur. Ekspertlar O‘zbekistonning dunyoga mashhur Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lgan rossiyaliklar endilikda Qarshi va Nukus yo‘nalishlari bo‘ylab sayohat qilishayotganliklarini qayd etishgan.