Rossiya TIV “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

6 noyabrga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirilgan edi. Hujum vaqtida 20 ta jangarilardan 15 tasi o‘ldirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. “Islom davlati”* jangarilarining tojik-o‘zbek chegarasidagi postga uyushtirgan hujumi Afg‘onistondagi xavfsizlik masalasi alohida e’tiborni talab qilishidan darak beradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov BMTdagi uchrashuvda ma’lum qildi.

“Yaqinda “IShID” jangarilarining Tojikistondagi chegara postiga uyushtirgan hujumi yana bir bor mintaqadagi terrorchilik tahdidi real ekanini tasdiqladi. Terrorchilar faolligi manbalaridan biri narkotrafikdan olingan daromad bo‘lib qolmoqda”, - deya Morgulov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Tojikiston chegara postiga jangarilar hujumi

U Afg‘onistonda tinchlikning tiklanishi ShHT hududidagi xavfsizlikni mustahkamlashning hal qiluvchi omili ekanini ta’kidladi

“Biz konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatmaslik va qurollanish nazorati muammolarini samarali hal qilish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, 2030  yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash muhim deb hisoblaymiz”,  - dedi Rossiya TIV o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirildi. Hujum vaqtida 20 ta jangarilardan 15 tasi o‘ldirilgan, Tojikiston tomonidan esa to‘rt kishi halok bo‘lgan. Keyinchalik “ID”* Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

*”Islom davlati” (IShID, ID) - Rossiya va qator boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot