TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashida navbatdagi bahsni Falastinga qarshi o‘tkazdi.
O‘yinning 17-daqiqasida Hojiakbar Alijonov o‘ng qanotdan oshirgan to‘pni Eldor Shomurodov boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
57-daqiqada Odil Ahmedov to‘pni Eldor Shomurodovga uzatdi. Shomurodov to‘pni mohirlik bilan to‘xtatib oldi va raqib himoyachisining xatosidan unumli foydalanib ikkinchi gol muallifiga aylandi. Bugungi bahs 2:0 hisobida "oq bo‘rilar" foydasiga hal bo‘ldi.
O‘zbekiston saralash doirasidagi Falastinga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobda imkoniyatni boy bergan edi. Bugun Shomurodovning dubl goli evaziga O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etdi.