O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi

VAZ 2106 avtomobilidan elektromobil yasagan va ushbu jarayonni to‘liq videoga olgan o‘zbek yigiti internetda mashhur bo‘lmoqda.  
Sputnik

Internetda “FarruhUZ” niki ostida  VAZ 2106 rusumli avtomobildan elektromobil yasagan o‘zbek yigiti mashhur bo‘lib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha uning ismi Farrux, u Olma-Otada yashaydi. Farrux tomonidan Yutub va instagramda joylashtirgan foto va videomateriallar juda ko‘p muxlislarni jamlamoqda.

O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi

U VAZ 2106 asosida, Xitoyda ishlab chiqilgan detallar yordamida yasagan elektromobil bir quvvatlashda 200 kmgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Shahar va trassa aralash rejimida. Bu nazariy maksimal natija, real hayotda ushbu ko‘rsatgich 100 – 130 km bo‘lishi mumkin.  

Materiallarda Farruxning elektromobili to‘liq xarajatlari keltirib o‘tilmagan, lekin quyidagi narxlarni keltirish mumkin:  

Donor avtomobil – VAZ 2106 - 1000 $
Elektro dvigatel 3 faza, 10 kVt – 1000 $ 
Akkumulyator 96 Volt, 30 kVt/soat – 1500 $
Kontroller 10 kVt – 800 $
Reduktor, kontaktori va boshqa narsalar– 1500 - 2000 $
Quvvatlash moslamasi– 400 $
Ish haqi – noma’lum.

Ushbu narxlar Olma-Otada joylashgan magazin narxlari. Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olsa detallar arzonroq bo‘lishi mumkin, albatta. 

O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi