Qozog‘istondan O‘zbekistonga “qoramol embargosi” bekor qilinadimi?

Qozog‘iston va O‘zbekiston qishloq xo‘jalik sohasida hamkorlikni jadallashtirish to‘g‘risida yo‘l xaritasini qabul qildi.
Sputnik

Bu hujjatda Qozog‘istondan qora molllarni olib chiqishga embargoni bekor qilish ko‘zda tutilmagan, dedi Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Yerlan Ilyasov.

Vazirlikning vakili oktabr oyida “Qishloq xo‘jalik hayvonlarini eksport qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida” qo‘shma buyruq qabul qilinganini eslatdi.

“Buyruqda Qozog‘iston hududidan yirik qoramollarni olti oy muddatga olib chiqishga taqiqni ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonga taqiq olib tashlanmadi”, - deb ta’kidladi Sputnik Qozog‘istonga  Qishloq xo‘jaligi vazirligining chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i Erlan Ilyasov.

Qozog‘iston va O‘zbekiston qishloq xo‘jalik vazirlari mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga imzo chekdilar.

Hujjatda 2019-2024 yillarda qishloq xo‘jaligi fani, ishlab chiqarish, sertifikatlash va savdo sohalarida hamkorlikni rivojlantirish choralari ko‘rsatilgan.

Chorvachilikni rivojlantirish uchun birinchi yarim yillikda O‘zbekiston 72 ming boshdan ortiq qoramol olib keldi, ulardan 63,6 mingtasini Qozog‘istondan. Ilgariroq Qozog‘iston mamlakatdan qoramol eksportiga embargo joriy etgan edi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga “qoramol embargosi” bekor qilinadimi?