Tojikiston janubida otishma sodir bo‘ldi

Tojikistonning Xatlon viloyatida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi yaralandi. Har ikkila tomon travmatik quroldan foydalangan.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Tojikistonning Xatlon viloyatida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, mojaro 17-noyabr kuni kechki payt Levakand shahridagi Guliston jamoatida ro‘y bergan.

“Ikkala tomon ham travmatik qurol qo‘llagan”, - deya oydinlik kiritgan Tojikiston IIV.

Otishma vaqtida bir kishi travmatik quroldan yaralangan. Otishma ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, ularning travmatik qurol uchun ruxsatnomalari bor, deya qo‘shimcha qilgan IIV.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari voqea tafsilotlarini surishtirishmoqda. Xususan, mojaro sababi va uning ishtirokchilari aniqlanmoqda.

Xatlon viloyati prokuraturasi ham vaziyatni nazoratga olgan.