Avtobusda tamaki chekkan haydovchiga chora ko‘rildi

Toshkentda qoidabuzar haydovchilarga qat’iy choralar ko‘rildi. Haydovchilardan biri yengil avtomobillar harakatiga xalaqit bergan va boshqa yo‘nalishdagi avtobuslarni quvib o‘tgan. Ikkinchisi esa harakatlanish vaqtida tamaki chekkan.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Toshkentda qoidabuzar haydovchilarga qat’iy choralar ko‘rildi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, poytaxtdagi 100-yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi B.I. harakatlanish vaqtida sanitariya talablariga amal qilmay, salonda tamaki mahsuloti iste’mol qilgan.  U ushbu qoidabuzarlik uchun oylik maoshidan 10 foiz miqdorda jarimaga tortilgan.

Toshkentda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi – video

Qayd etilishicha, 12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta”, “Jamoat nazoratchisi” kabi guruhlarda tarqalgan avtobus haydovchi ishtirokidagi video tarqalgan. Unda 12 avtobus saroyi tasarrufidagi 131-yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.A. yo‘lovchi tashish qoidalariga amal qilmagani, yengil avtomobillarning harakatiga xalaqit bergani, shuningdek, boshqa yo‘nalishdagi avtobuslarni quvib o‘tishda qo‘pol qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani aks etgan.

Jamiyat tomonidan ushbu holat batafsil o‘rganilib, qoidabuzar haydovchi avtobus saroyida xo‘jalik ishlariga jalb etildi.