O‘zbekiston shimolida havo 15 darajagacha sovib ketishi mumkin

Volgabo‘yi hududidan kirib kelayotgan sovuq havo oqimi O‘zbekistonga ushbu haftada qor va –15 darjagacha sovuq havo olib kelishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi xabariga ko‘ra, ushbu haftada Respublikada havo harorati keskin sovib ketishi mumkin.  

21-24 noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.  Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir, qorga aylanadi. Shamol tezligi 15-20 metrga yetadi, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 22-24 noyabrda respublika hududi  bo‘yicha havo harorati kechasi 0 ... –5 daraja sovuq, ayrim joylarda –8 daraja sovuqqacha tushadi,  kunduzi harorat –2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

O‘zbekiston shimolida 21 – 24-noyabr kunlari havo harorati kechasi –10 ... –15 daraja sovuq, kunduzi –2 ...– 7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston shimolida havo 15 darajagacha sovib ketishi mumkin