O‘zbekiston oltin eksporti 60 %ga oshdi

O‘zbekiston esportining asosini oltin hamda neft mahsulotlari tashkil qilmoqda - Statistika qo‘mitasi.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. 2019-yilning 10 oyida O‘zbekistonda oltin eksporti ulushi o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Davlat Statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda. 

Xususan 2018-yilning 10 oyida O‘zbekiston 2,5 milliard AQSh dollariga oltin eksport qilgan bo‘lsa, 2019-yiling ushbu davrida 4 milliard dolardan oshgan. O‘sish - 62,5 %ni tashkil qilgan. Buni qo‘yidagi chizmada ham ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston oltin eksporti 60 %ga oshdi

O‘zbekiston umumiy eksporti tarkibida eng katta ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar quyidagicha bo‘lgan:

  1. Oltin – 27,3 % ($4 mlrd.)
  2. Xizmatlar – 19,2 % ($2,8mlrd.)
  3. Energiya manbaalari va neft mahsulotlari – 16,6 %  ($2,4 mlrd.)
  4. To‘qimachilik mahsulotlari – 8,9 % ($1,3 mlrd.)
  5. Oziq-ovqat mahsulotlari - 8,7 % ($1,2 mlrd.)

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, ushbu davr mobaynida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilga nisbatan 34 %ga oshgan. Shundan Eksport o‘sish sur’ati – 43,3 %ni, import o‘sish sur’ati 28,5 % ni tashkil qilgan.

Tashqi savdo faoliyatida O‘zbekistonning yetakchi hamkori Xitoy Xalq respublikasi bo‘lib qolmoqda. Uning tashqi savdodagi ulushi 19 %ni tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda – 15 % ulush bilan – Rossiya va uchinchi o‘rinda Qozog‘iston – 8,4 %. Ulardan keyin Janubiy Koreya – 6,5 % va Turkiya – 5,9 %.