O‘zbekiston eng yaxshi madaniy-tarixiy turistik yo‘nalish sifatida e’tirof etildi

Tadbir “Travel+Leisure” yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi. G‘oliblar jurnal o‘quvchilari hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tgan “India’s Best Awards – 2019” turizm tadbirining “Madaniy-tarixiy meros bo‘yicha eng yaxshi turistik yo‘nalish” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.  Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Tadbir “Travel+Leisure” yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi. 

Mashhur hind dizayneri O‘zbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

Mukofotlar xorijiy davlatlar hamda Hindiston shtatlari bo‘yicha 50 nominatsiya bo‘yicha topshirildi. “Eng yaxshi oilaviy sayohat”, “Asal oyi uchun eng yaxshi yo‘nalish”, “To‘y uchun eng yaxshi yo‘nalish”, “Eng yaxshi kurort-otel” kabilar shular jumlasidandir.  

G‘oliblar jurnal o‘quvchilari hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlandi.

“Travel+Leisure” jurnali AQSh, Avstraliya, Xitoy, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek ko‘plab boshqa davlatlarda chop etiladi.  

Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman – Yuriy Stoyanov

Tadbir doirasida mazkur jurnal muharriri Ayndrila Mitra 2020-yilda O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus loyihalarni amalga oshirmoqchi ekanini ma’lum qildi.