Qozog‘iston davlat xizmatchilarini qishloqlarga ishlashga yuborishmoqchi

“Diplom bilan qishloqqa” loyihasi asosida qozog‘istonlik davlat xizmatchilarini mamlakatning olis qishloqlariga yuborish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qozog‘istonda davlat xizmatchilarini “Diplom bilan qishloqqa” loyihasiga kiritish taklif qilindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Qozog‘istonda davlat xizmatchilari soni 25 %ga qisqartiriladi

“Qishloqdagi kadrlar yetishmasligi masalasini hal qilish uchun davlat xizmatchilarini “Diplom bilan qishloqqa”loyihasiga kiritish taklif qilinadi”, - deya tashabbus bildirgan Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vaziri Ruslan Dalenov.

“Diplom bilan qishloqqa” loyihasi 2009-yilda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev topshirig‘iga binoan ishga tushirilgan. Asosiy maqsad - qishloqqa ishga kelgan sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot, madaniyat, sport va qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarni rag‘batlantirish.

Loyiha ishtirokchilariga 650 dollar miqdorda yordam puli to‘lash hamda turar joyga budjet krediti ajratish ko‘zda tutilgan.