UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi ranglar qo‘llay boshladi – foto

Avvalroq Sputnik UzAuto Motors avtomobillarga yangi ranglar joriy qilishi haqida xabar qilgan edi. Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019-yil oxirida yetkazib berila boshlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshladi. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan.

Kompaniya xabariga ko‘ra, modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to‘q ko‘k) ranglarning o‘rniga joriy qilinmoqda.

UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi ranglar qo‘llay boshladi – foto

Ta’kidlanishicha, yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019-yil oxirida yetkazib berila boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sputnik UzAuto Motors avtomobillariga yangi ranglar joriy qilishi haqida xabar qilgan edi.