TOShKENT, 18 noya — Sputnik. “Normand shaklidagi” sammit 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni o‘z nihoyasiga yetmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Kunning ikkinchi yarmida xalqaro telefon suhbatiga oid ma’lumot beramiz. U aynan 9-dekabrda rejalashtirilgan “normand shaklidagi” sammitga tayyorgarlik ko‘rish bilan ko‘proq bog‘liq. Tayyorgarlik ko‘rilmoqda va o‘z nihoyasiga yetib qolgan”, - deya Peskov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.
U rejalashtirilgan sammitda biror bir hujjatni imzolash to‘g‘risida hozirdan gapirish erta ekanini ta’kidlagan.
Ukraina bo‘yicha “normand shaklidagi” muzokaralar 2014-yil iyun oyidan buyon mavjud. Sammitda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi.