O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega chiqishdi

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 14 ta medalga ega chiqishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan va 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

Oltin medal:

Suhrob Qayimov (-75 kg); Shohjahon Abdullayev (-81 kg)

Kumush medal:

Xurshid Rasuljonov (-56 kg); Javlonbek Yo‘ldoshev (-64 kg); Nurislom Ismoilov (-69 kg); Amirshoh Samadov (-91 kg); Navbahor Hamidova (-75 kg)

Bronza medali:

Mirzabek Mirzahalilov (-52 kg); Rahmatillo Toshpo‘latov (-60 kg); Saydiniso Muhammadaliyeva (-51 kg); Nasiba Hayrullayeva (-54 kg); Ziyoda Yarasheva (-60 kg); Dilfuza Bekova (-64 kg); Xadichabonu Abdullayeva (-69 kg).