TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘zining prof boksdagi debut jangini g‘alaba bilan boshladi.
Jang Meksikaning San-Migel-de-Alende shahrida bo‘lib o‘tdi.
Do‘smatov 6 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida meksikalik bokschi Xesus Servantes Villanuevani yer tishlatdi.
O‘zbekistonlik boksi uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan va kelajakda O‘zbekistonga jahon chempionlik kamarlarini olib kelish uchun bor kuchini sarflashini ma’lum qilgan.