Rossiyadagi eng mashhur odamovining uyiga mehmon keldi

Bu oila 1930-yilning oxirida taygaga qochib ketgan. 1978-yilda geologlar taygada tashqi dunyodan uzilgan kishilar yashayotganini aniqlashgan. Ularning so‘nggi vakilasi hozirda ham umrini yolg‘iz taygada o‘tkazmoqda.
Sputnik

Mashhur sibirlik odamovi Agafya Likovaning qarindoshlari uni ko‘rgani uchib kelishdi. O‘zlari bilan unga issiq kiyim-kechak va yegulik olib kelishdi.

Yoz oyida Agafya Likova Kuzbass gubernatoriga ekspeditsiya tashkillashtirishda yordam berishni so‘rab xat yozgan edi.

Odamovi buvining amakivachchasiga  yoz oyigacha taygada qolishga ruxsat berildi. U Agafyaga uy-ro‘zg‘or ishlarida  - o‘tin yorish va hammom qurishda yordam beradi.