Pastdarg‘omda dekabr oyida yangi mikro GES ishga tushadi

Pastdarg‘om tumanida yangi mikro gidroelektr stansiyasining qurilish ishlari yakunlanish arafasida. GES qurilishiga 3,283 milliard so‘m sarflangan.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida dekabr oyida yangi mikro gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, GES “Tupalang HPD BUILDING” unitar korxonasi tomonidan qurilmoqda. Ushbu GES qurilishga 3,283 milliard so‘m sarflangan.

Ta’kidlanishicha, yangi mikro GES ishga tushgach, soatiga 230 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.