Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasiga va Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

IIV xabariga ko‘ra, polkovnik Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich IIV  Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Qulbekov Oybek Tursinaliyevich O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlar O‘zbekiston ichki ishlar vazirining 2019-yil 16-noyabrdagi buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan. 

Baxtiyor Berdialiyev shu kunga qadar IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Oybek Qulbekov bunga qadar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.