Fransiyada Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyati qayd etildi

Fransuz OAVlari Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyatlarini qayd etishdi. Ta’kidlanishicha, Rossiya AQSh dollaridan mustqaqil bo‘lish yo‘li sari bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Fransuz OAVlari Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyatlarini qayd etishdi. Rossiya AQSh dollaridan mustqaqil bo‘lish yo‘li sari bormoqda, deya yozadi Les Echos nashri.

Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi

Maqola muallifi Moskva 2014-yilda AQSh bilan munosabatlarda keskinlik yuzaga kelgandan so‘ng iqtisodiyot va moliya tizimining dedollarizatsiya jarayonini boshlaganini eslatgan.

Maqolada Rossiya AQSh bilan munosabatlari keskin bo‘lgan mamlakatlar Iron, Xitoy va Turkiya kabi mamlakatlar bilan valyuta operatsiyalari to‘g‘risida bitim tuzgani qayd etilgan. Qolaversa, Rossiya BRIKS mamlakatlari valyutalaridagi zaxiralar sonini oshirgan.

Shuningdek, Rossiya 2018-yilda 17 foizga tushib ketgan rubl kursini barqarorlashtirishga erishgani ta’kidlangan. Joriy yil boshidan Rossiya valyutasi o‘sishini qayta tiklagan – uning kursi Amerika valyutasiga nisbatan 7,6 foizga ko‘tarilgan.

Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi