AQSh mintaqani “ID”dan qutqarishga kelmaydi – Eron TIV rahbari

Eron tashqi ishlar vaziri Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirda va ishonch komilki, IShID yetakchisi yo‘q qilingandan keyin ham tahdid nafaqat Afg‘oniston va MO mamlakatlari, balki boshqa dunyo davlatlari uchun ham saqlanib qolmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. “Islom davlati”* rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq barqarorligini kafolatlamaydi. Qolaversa, terrorchilik vaziyat keskinlashgan taqdirda AQSh yordamiga tayanib bo‘lmaydi – ishonchi komil Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarifning.

U “India Today” nashriga bergan intervyusida Suriyadan quvib chiqarilgan terrorchilar Afg‘onistonni o‘zlarining yangi plasdarmi uchun juda mos bo‘lgan maydon sifatida ko‘rib chiqishayotganliklarini ta’kidladi. Shu bois “ID” nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlariga, balki boshqa davlatlar, jumladan, Hindiston, Pokiston, Rossiya va Xitoyga tahdid tug‘dirmoqda. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, faqat barcha say’-harakatlarni birlashtirgan holda bu tahdidning tarqalishiga samarali qarshi kurashish mumkin.

Chegara postiga hujum qilgan jangarilarning maqsadi O‘zbekiston bo‘lgan - Xoliqnazar

“Terrorchilik guruh o‘z bazasini Suriya va Iroqdan hududi bo‘lgan va hamma uchun tashvish uyg‘otuvchi Afg‘onistonga ko‘chirmoqda. Bu bir mamlakatga emas, balki butun mintaqaga bo‘lgan real tahdid”, - dedi Javad Zarif.

Vazir Tojikiston va O‘zbekistonda IShID tarafdorlari tayyorlayotgan amaliyotlar to‘g‘risida ma’lumotga egaligini ta’kidlagan. Shu bilan birga eronlik diplomat tahdidga qarshi o‘z kuchlari bilan qarshi turish kerak deb hisoblaydi, chunki vaziyat keskinlashganda Vashingtondan yordam kutishga to‘g‘ri kelmaydi.

“AQSh bizni qutqargani kelmaydi. O‘zimizga o‘zimiz yordam berishimiz kerak”, - deya so‘zlariga yakun yasagan vazir.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirildi. Hujum vaqtida 20 ta jangarilardan 15 tasi o‘ldirilgan, Tojikiston tomonidan esa to‘rt kishi halok bo‘lgan. Keyinchalik “ID”* Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

IShID o‘z jangarilarini Afg‘onistonga olib borishga harakat qilmoqda – Eron vitse-prezidenti

*Rossiya va qator boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot