Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

Sankt-Peterburgga ashrif doirasida "Qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish" davra suhbati majlisi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekiston Senat Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oliy Majlis delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleya kengashida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Senat matbuot-xizmati.

Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi

"Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Raisining taklifiga binoan joriy yil 20-22 noyabr kunlari Tanzila Narbayeva rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi", - deyilgan xabarda.

Tashrif doirasida delegatsiya MDH PA Kengashining navbatdagi majlisida va MDH PAning elliginchi yalpi majlisida ishtirok etadi. Shuningdek tashrif doirasida "Qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish" davra suhbati majlisi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda qishloq hududlarni barqaror rivojlantirish, bu sohada muvaffaqiyatli strategiyalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi boshida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida, Matviyenko, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasidagi hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Rossiya parlamenti yuqori palatasi rahbari, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.

O‘zbekiston 2018-yilning noyabr oyida MDH PA konvensiyasini imzolagan. 2019-yilning mart oyida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan.