TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan internet to‘lov tizimi Yandeks.Dengidan endi O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
“Hamkorbank”da Yandeks.Dengi elektron hamonini mablag‘ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldirish imkoni paydo bo‘ldi. Yangi imkoniyatdan nafaqat Hamkorbank, balkim boshqa bank mijozlari ham foydalanishlari mumkin.
O‘zbekistonliklar hamonini istalgan bankning Uzcard to‘lov tizimining kartalari orqali to‘ldirishlari mumkin. Buning uchun Hamkor mobil ilovasini yuklab, plastik kartani ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. To‘ldirishda, milliy valyutadagi kartadan mablag‘lar yechib olinadi va darhol foydalanuvchining hamoniga Rossiya rublida kiritiladi.
Mablag‘ konversiyasi to‘ldirish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hamonni to‘ldirish uchun komissiya summadan - 3 %ni tashkil qiladi.
Mobil ilova orqali hamonni bir vaqtning o‘zida 300 ming rublgacha (taxminan 44 mln. so‘m) to‘ldirishingiz mumkin. Yandeks.Dengi hisob raqamida 500 ming rublgacha (74 million so‘m) saqlashingiz mumkin.
Hamonni to‘ldirish uchun identifikatsiyadan o‘tish kerak bo‘ladi. Buning o‘tish uchun Hamkorbankning 43ta filiali yoki 130dan ortiq mini-banklarga pasport bilan murojaat qilish kerak. Xizmat narxi - 25 ming so‘m. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar elektron hamonning barcha funksiyalaridan foydalanishlari mumkin.
Masalan, dunyo bo‘ylab to‘lovlar amalga oshirish, boshqa hamonlarga pul o‘tkazmalari, plastik kartalar va bank hisob varaqlariga mablag’ o‘tkazish, Rossiya rubli va yana 10 xil valyutada, shu jumladan dollar, yevro va boshqa valyutalarda hisob raqamlarini ochishi mumkin.
Yandeks.Dengi - elektron hamoni Rossiyada foydalanuvchilar soni bo‘yicha etakchilardan biri hisoblanadi. O‘tgan yili rossiyalik Internet foydalanuvchilarining 33% Yandeks.Dengi hamoni orqali to‘lovlar amalga oshirgan, bu yil esa ularning soni 48,5% foizga yetgan.