O‘zbekiston nega BSTga shoshilmoqda va bu unga nima beradi - ekspert fikri

O‘zbekiston iloji boricha tezroq Butunjahon savdo tashkiloti a’zosiga aylanmoqchi. Bu holat mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida MDH davlatlari instituti iqtisodiyot bo‘limi rahbari Aza Migranyan fikr bildirdi.
Sputnik

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, BSTga qo‘shiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston birinchi navbatda xalqaro imidj nuqtayi-nazaridan yutuqqa erishadi.

Vashington YeOIIga qo‘shilish rejasi uchun O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga urinmoqda

"Respublika jahonga ochilmoqda va o‘z tovarlari va xizmatlarini chet elda targ‘ib qilishdan manfaatdor, shu jumladan, rivojlangan davlatlarga ham. BST shu ma’noda - yaxshi platformadir", — deya tushuntirdi Migranyan.

Sof iqtisodiy ta’sir haqida gap ketadigan bo‘lsa, Migranyanga ko‘ra, Butunjahon savdo tashkiloti eng avvalo chuqur qayta ishlangan tayyor mahsulotning harakatlanishini qat’iy belgilaydi va O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan xom-ashyo bozorlariga tegmaydi.

"BSTga a’zolik avtomobil sohasi, kimoviy sanoat va tabiiyki, tekstil savdosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - deydi iqtisodchi.

Shu bilan bir vaqtda, Aza Migranyan BST jahon savdosiga avvalgidek, 2000-yillarda bo‘lgani kabi yetakchi rol o‘ynamasligini, xalqaro sanksiyalar tufayli, yoki ma’lum shartlarni amal qilishni talab etadigan integrallashuv loyihalari tufayli ayrim mexanizmlar shunchaki ishlamay qo‘yganligini qo‘shimcha qildi.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

O‘zbekiston nega BSTga shoshilmoqda va bu unga nima beradi - ekspert fikri