Xitoy OAVlari Rossiyaning yangi qurolini "AQSh va NATOning dahshatli tushi" deya aytishdi

Rossiyaning “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasini keyingi yilda ishga tushirilishi AQSh va NATOning harbiy mudofaasi uchun katta muammo bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Rossiyaning “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasini 2020-yilda ishga tushirilishi AQSh va NATOning harbiy mudofaasi uchun katta muammo bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Xitoyning Sina nashri. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya armiyasi yangi og‘ir o‘tsochar tizimini oladi

Nashrda yozilishicha, ushbu turdagi raketalar R-36 “Voyevoda” qit’alararo raketani almashtirish uchun mo‘ljallangan.

"Sarmat" raketasining uchish masofasi 18 ming kilometrni tashkil etadi, 16 tagacha yadroviy o‘q zaradlarini olishi mumkin.

Mualliflar fikriga ko‘ra, bu “Texas shtati yoki Fransiyaga teng bo‘lgan hududdagi barcha obyektlarni yakson qilish uchun” yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, nashr Rossiyaning "Avangard" yuqori tezlikdagi jangovar raketasi ishlab chiqishga e’tibor qaratadi. Ta’kidlanishicha, bu qurol "G‘arbni mudofaa va yadroviy qurollanish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin".

Mualliflar amerikalik harbiy ekspertlarining "Rossiya gipertovushli qurollari sohasida AQSh va NATOdan yaqqol oldinda" degan so‘zlarini keltirishdi.