Rossiya Xitoy va JAR bilan dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Rossiya va Xitoy 2012-yildan buyon muntazam ravishda hamkorlikdagi manyovrlarni o‘tkazadi. Ammo Janubiy Afrika bu o‘quvlarda ilk bor ishtirok etmoqda
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiya Xitoy va Janubiy Afrika ishtirokida dengiz qaroqchilari va terrorchilarga qarshi dengiz mashg‘ulotlari noyabr oyi oxirida Keyptaun yaqinida o‘tkaziladi, unga Rossiya raketa tashuvchi kreyseri "Marshal Ustinov" jalb etilishi kutilmoqda, deb xabar qildi payshanba kuni RF Shimoliy floti matbuot-xizmati.

Xitoy OAVlari Rossiyaning yangi qurolini "AQSh va NATOning dahshatli tushi" deya aytishdi

Qabul qiluvchi tomon - Janubiy Afrika harbiy-dengiz flotidir. U Saymon-Taun port shahri yaqinida joylashgan. JAR Mudofaa vazirligi vakili bayonotida ta’kidlanishicha, ushbu hamkorlikdagi tadbirning asosiy maqsadi "dengiz iqtisodiyotini" rivojlantirish, shuningdek, "ishtirokchi davlatlar harbiy-dengiz flotlari o‘rtasida hamkorlikni va aloqalarni mustahkamlashdan" iborat.

Hozircha na jangovar kemalar turlari, na ularning umumiy soni haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bu uch davlat o‘z saflarida rivojlanayotgan iqtisodga ega bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi BRIKS guruhiga kiradi. Rossiya va Xitoy 2012-yildan buyon muntazam ravishda hamkorlikdagi manyovrlarni o‘tkazadi. Ammo Janubiy Afrika bu o‘quvlarda ilk bor ishtirok etmoqda.