Osiyoning eng chiroyli ayollari tanlandi - foto

2019 yildagi Osiyoning eng chiroyli ayollar reytingiga isroillik aktrisa Gal Gadot ham kiritildi. Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarni Janubiy Koreya va Yaponiya vakillari egalladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. TCCAsia portalining versiyasi bo‘yicha Janubiy Koreya Blackpink solistkasi Lalisa Manoban 2019-yilgi Osiyoning eng chiroyli ayoli deb topildi.

Yaponiyalik xonanda Sakura Miyavaki ikkinchi o‘rinda.

Guruh bo‘yicha hamkasbi koreyalik Jenni Kim uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

To‘rtinchi pog‘onani esa xitoylik aktrisa Anjela Yan In egalladi.

Shuningdek, Osiyoning eng go‘zal ayollar ro‘yxatiga isroillik aktrisa Gal Gadot ham kiritildi, u 16 – chi o‘rinda.