Olimlar shakarning xavfli xususiyatini aniqlashdi

Kanadalik olimlar shakarning xavfli xususiyatini aniqlashdi. Ilmiy tajriba davomida shakar kasallik qo‘zg‘atadigan bakteriyalarni ko‘paytiradi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Shakar iste’mol qilish ichakning yallig‘lanish kasalliklar xavfini oshiradi. Kanadagi Albert universiteti olimlari bu xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari oliygoh saytida berilgan.

Qoyil: Yaponiyada ikki dona xurmo 6,5 ming dollarga sotildi

Ilmiy eksperiment davomida, ratsionga shakar qo‘shilgan tajriba sichqonlarida, kolit sun’iy ravishda keltirib, ichak to‘qimalariga ko‘proq zarar yetkazishi aniqlandi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, shakar kasallik qo‘zg‘atadigan bakteriyalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, ular ichakdan tananing boshqa qismlariga o‘tishi mumkin.

Olimlar ta’kidlashicha, bu Alsgeymer va Parkinson kabi kasalliklarning rivojlanish ehtimolini oshiradi.