Kuznetsov Toshkentdagi MO yetakchilari uchrashuvi haqida: muhokamani kutayotgan masalalar ko‘p

Toshkentda 27-noyabr kuni MO yetakchilarining ikkinchi norasmiy uchrashuvi o‘tkaziladi. RFA huzuridagi Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksey Kuznetsov yetakchilar muzokaralari kun tartibidan o‘rin oladigan asosiy mavzularni sanab o‘tdi.
Sputnik

Iqtisodchi fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan muhokama qilinadigan mavzular talaygina. Shu bilan birga, ular nafaqat ichki regional tartiblarga, balki global jarayonlarga ham taalluqlidir.

Alimov: Markaziy Osiyoga "katta o‘yin" emas, shiddatli yuksalish kerak

"Suvdan foydalanish muammosi mavjud, u muhokamani va hamkorlikda qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarni talab qiladi. Shuningdek, transport masalalari ham dolzarb. Mintaqaviy siyosat va Xitoyning Markaziy Osiyoda pozitsiyasi mustahkamlanishi, Rossiya tomonidan taklif etilayotgan integrallashuv loyihalari. Ushbu markazlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshiliklar yo‘q, biroq, mamlakatlarda u yoki bu alternativ holatlar bor. Yana bir masala - xavfsizlik, ayniqsa, bunda mintaqaning janubi-sharqiy qismidagi nostabil holatlarni inobatga olish lozim", - dedi Aleksey Kuznetsov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, aniq va hujjatlarda mustahkamlanadigan bitimlar bo‘ladimi-yo‘qmi, aytish qiyin, biroq bu kabi uchrashuvlar ba’zan butun xalqlarga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.