O‘zbekistonda ishlab chiqarib uchinchi davlatga eksport qilsa bo‘ladi – Yevropa biznesi

MDH hududida biznes yuritayotgan 10dan ortiq Yevropa kompaniyalari vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.  
Sputnik

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Yevropa Biznesi assotsiatsiyasi vakillari O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligida qo‘shma korxonalar tashkil qilish hamda eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov YeBA delegatsiyasi rahbari, Rossiya va MDHda Schneider Electric kompaniyasi direktori Yoxan Vanderplayetse bilan muzokaralar o‘tkazdi.

"Ayni damda O‘zbekiston zamonaviy Yevropa texnologiyalarini tatbiq etish uchun ajoyib platformadir. Bu yerda yuqori texnologiyalari mahsulotlar ishlab chiqarib uchinchi davlatlar bozorlariga eksport qilsa bo‘ladi”, - dedi Vanderplayetse.

Tomonlar shuningdek, Fransiya, Germaniya, Vengriya va Yeropaning boshqa mamlakatlaridan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarda yuqori natijalar qayd etilayotganini aytib o‘tishdi.

Ma’lumot uchun, YeBA – YeOII hududida xorijiy investvorlarning eng yirik vakolatxonasidir. 11-14 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida Yevropaning  Bayer, Creon Capital, Deloitte,Generali Russia& CIS, Kuehne+Nagel, Mitsubishi Electric, Oriflame, Schneider Electric, Signify kabi kompaniyalari vakillari bo‘lgan.