TOShKENT, 13 noya – Sputnik. “Yunusabad Business City” qurilishida Koreyaning “IGIS Asset Management”, “KIND” (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va “Wooju Construction Co. LTD.” kompaniyalari ishtirok etadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.
Toshkent shahar hokimligida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va “Yunusabad Business City” qurilishida ushbu kompaniyalarning ishtirok etishi to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Kelishuvda uchta kompaniyaning konsorsiumini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
"IGIS Asset Management" Koreya Respublikasidagi ko‘chmas mulk va aktivlarni boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yevropada muvaffaqiyatli ishlamoqda. Xususan, IGIS Asset Management`ning so‘nggi loyihalaridan biri Frankfurtdagi (Germaniya) osmono‘par binoning qurilishidir.
2001 yilda tashkil topgan "Wooju Construction Co. LTD." LTD. infratuzilma qurilishiga ixtisoslashgan. Mazkur kompaniya Taxiatosh IESni qayta qurish va Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etgan.