TOShKENT, 13 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva “Sevgingni menga ayt-2” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni chiqardi.
Rolikda respublikadagi hayotning ayrim sohalari mazax qilingan, bir necha soat ichida klip o‘zbek shou-biznesidagi so‘nggi vaqtlarning eng ko‘p muhokama qilingan taqdimotlardan biriga aylandi.
Ssenariy bo‘yicha xonanda o‘z qo‘shig‘ini kuylash uchun sahnaga chiqadi. Sahnada “Faoliyatimni xalq manfaati uchun chin dildan olib borishga va’da beraman” deb yozilgan plakat ilingan.
Musiqachining qo‘shig‘ini baholaydigan erkak va ayoldan tashqari zalda tomoshabinlar deyarli yo‘q.
Zalda “xeyter”, reklama beruvchi va ikki ayol bor.
Ayni damda bu klip internetda o‘zbekistonliklar orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Lolaning ko‘plab muxlislari bu klipdan keyin uni litsenziyasidan mahrum qilishadimi, deb savol berishgan.