TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari, ayollar va bolalar, umimiy hisobi taxminan 300 kishi hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, ayrim jangarilar Pokiston fuqarolari bo‘lgan.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan.
Mamlakat hududida IShID* terrorchilik guruhining ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqdalar.