O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari yagona pul birligiga o‘tadimi - ekspert javobi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning moliyaviy suvereniteti to‘laligicha saqlanishi ta’kidlanmoqda
Sputnik

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo har bir davlat o‘z moliyaviy suverenitetini saqlab qoladi. Bu haqda Ittifoqda yagona valyuta yaratilishi haqidagi savolga javob bergan Qozog‘iston Milliy banki raisi Yerbolat Dosayev ma’lum qilgan.

Glazyev: YeOII O‘zbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

"Avvalombor, shuni aytish kerak-ki, valyuta ittifoqi emas, balki iqtisodiy ittifoq tashkil etish g‘oyasi o‘rtaga tashlangan. Shu bois, hozirda ushbu masala turli shakllarda va turli formatlarda ko‘pirtirilayotganidan ham xabarim bor. Shuni ta’kidlab o‘taman-ki: (YeOIIga a’zo-davlatlar qonunchiligini muvofiqlashtirish) hujjatida yagona valyuta ittifoqini va yagona valyutani tashkil qilish nazarda tutilmagan. Milliy bank bugungi va kelajakdagi boshqaruvchi sifatida moliyaviy bozorni tartibga solish va rivojlantirish agentligi bilan birgalikda inqirozga qarshi zarur choralarni o‘tkazish siyosati, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha har bir davlatga o‘z mustaqil vakolatlarni qoldiradi", - dedi Sputnik Qozog‘iston muxbiriga bergan intervyusida.

Har bir YeOII ishtirokchisining moliyaviy suvereniteti to‘laligicha saqlanib qoladi, deb ta’kidladi Dosayev.