Bo‘sh vaqt – bolalar uchun eng xavfli narsadir – Habib Nurmagomedov  

Habib Nurmagomedov bolalarga o‘rnak bo‘lishni, ularni o‘qishga va sport bilan shug‘ullanishga majburlashni maslahat berdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Yengil vaznda MMA jahon chempioni Krasnodar shahrida muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ota-onalarga bola tarbiyasi haqida maslahat berdi.

“Men, ona-onalarga bolalarga o‘rnak bo‘lishni maslahat bergan bo‘lardim. Ularni o‘qishga, sport bilan shug‘ullanishga majburlashni, ularga jadval tuzib berish kerak”, - deydi rossiyalik yakkakurashchi.

Habib Nurmagomedov aytishiga qaraganda bo‘sh vaqt – bolalar uchun eng xavfli narsadir.

Eslatib o‘tamiz,  Habib Nurmagomedov MMA bo‘yicha yengilmagan jahon chempioni hisoblanadi. O‘z karyerasida u 28 ta  jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan. Habib hech qachon tamaki yoki alkogol iste’mol qilmagan.