Alimov: Markaziy Osiyoga "katta o‘yin" emas, shiddatli yuksalish kerak

ShHTning sobiq bosh kotibi Rashid Alimov Markaziy Osiyo mamlakatlari nima hisobdan iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga erisha olishlari mumkinligi xususida so‘zladi.
Sputnik

Samarqandda bo‘lib o‘tgan X Osiyo Xalqaro Valday klubi anjumanida 11 davlatdan tashrif buyurgan ekspertlar global jarayonlarda regionni kelgusi taraqqiyoti istiqbollarini muhokama qildilar.

Samarqandda Valday klubi: ekspertlar, muhokama va kelishuvlar

"Shu narsa ayonki, Markaziy Osiyo mamlakatlariga "katta o‘yin" mutlaqo kerak emas. Ular yuksak taraqqiyotga erishish uchun sheriklik munosabatlarini o‘rnatishdan manfaatdor. Bunga esa an’anaviy resurslar, xususan, agrar sektor yordamida erishish mumkin. Shuni ham qayd etish lozimki, agar asosiy sheriklar haqida gap borsa, u holda ular yillar davomida sinovdan o‘tgan, har qanday "ob-havoga bardoshli", sheriklardir - bular Rossiya va Xitoy. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari "qanotlari" deyish mumkin. Ularning hech biri ustunlikka intilmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi", — deb ta’kidladi Rashid Alimov.

U shuningdek, turli qarashlarga qaramay, barcha ekspertlar - mintaqa ichida jipslashuv va taraqqiyot kerak ekan, degan fikrda to‘xtalganliklarini qo‘shimcha qildi.

To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Alimov: Markaziy Osiyoga "katta o‘yin" emas, shiddatli yuksalish kerak