Afg‘oniston poytaxtida IIV binosi yonida portlash yuz berdi

Videoda baland binolar ustida qop-qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan. Hozircha yetti kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida IIV binosi yonida yuz bergan portlash oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi va yana yetti nafari jarohatlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

​Tolo News telekanali tomonidan e’lon qilingan videoda baland binolar ustida qop-qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.

Sal oldin Pajvak agentligi ikki nafar qurbon va besh nafar jarohatlanganlar haqida xabar bergan edi.