TOShKENT, 12 noya – Sputnik. YeI va O‘zbekiston kengaytirilgan hamkorlik haqidagi shartnomani kelgusi yilda imzolashni rejalashtirgan. Ushbu shartnomani imzolash prezident Shavkat Mirziyoyevning Brusselga tashrifi davomida amalga oshirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga asosan.
“Biz kengaytirilgan hamkorlik haqida yangi shartnomani tayyorlash ustida ishlamoqdamiz. Ushbu va boshqa hujjatlarni prezidentning Brusselga rejalashtirilayotgan tashrifi davomida imzlashni umid qilmoqdamiz”, - dedi Kamilov.
O‘z navbatida Yevropa Ittifoqi Kengashida ayni damda raislik qilayotgan Finlandiya TIV rahbari Pekka Xaavisto O‘zbekiston bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar “yaxshi va tez sur’atda” davom etmoqda dedi.
Xaviston aytishiga qaraganda, ayni damda maslahatlarning 3 raundi o‘tgan va to‘rtinchisi dekabrda boshlanadi. - Biz muzokaralarni 2020-yilda tugatishdan umid qilmoqdamiz, buyog‘iga kamroq ish qoldi, dedi Finlandiya vaziri.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Brusselda YeI va O‘zbekiston hamkorligi kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama uchrashuvlar, Yevrokomissiya rahbarlari, parlamentariylar va YeIning boshqa organlari vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.