TOShKENT, 12 noya – Sputnik, Aleksey Stefanov. "Valday" munozaralar klubining mutaxassisi Aleksandr Lomanovning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro tushunish va ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlikka asoslangan mutlaqo yangi kontekst paydo bo‘lmoqda.
Xitoy va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni Rossiya tomonidan xavfli raqobat manbai sifatida qabul qilmasligi kerak. Bunday fikrni “Valday” klubining X Osiyo konferensiyasida ishtirok etgan E.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Lomanov bildirdi.
“Chunki na 10, na 15-yil oldin bo‘lmagan, o‘zaro ishonch va tushunishga asoslangan mutloqo yangicha mintaqaviy hamkorlik yuzaga kelmoqda”, - dedi Lomanov Sputnik muxbiriga.
Raqobat va hamkorlik tushunchasi o‘zi o‘zgaradi, chunki so‘nggi ikki yil ichida xalqaro savdo mexanizmlarining qisqarishini kuzatish mumkin, deydi ekspert.
“Xitoy, va nafaqat u, o‘n yil davomida shakllangan ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi oqibatida eksport bozoriga chiqishda muammolarga duch kelayotgan mamlakatdir. Shuning uchun, bu kontektsda, eski tizim buzilayotganda, Xitoy va Rossiya Osiyoda raqobatchi deb aytish noto‘g‘ri. Men hammaga ma’lum bir faktni eslamoqchiman - shu yil iyun oyida Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpin Rossiya-Xitoy munosabatlarining yangi davrga kirishini e’lon qilishdi va bu prinsipial jihatdan muhimdir”, - deydi Lomanov.
Rossiya va Xitoy rahbarlarining chiqishlarida aytilgan asosiy so‘z, "Valday" klubining mutaxassisi ta’kidlaganidek, bu ishonch nafaqat ikki tomonlama, balki ko‘p tomonlama bo‘lishi kerak.
“Nafaqat Rossiya va Xitoy, balki Yevrosiyo mamlakatlari, mintaqaning boshqa mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch iqtisodiyot, siyosat va madaniyat sohasida erishilgan ijobiy natijalarni saqlab qolishga yordam beradi. U bu salbiy tashqi ta’sirlardan - deglobalizatsiya, tashqi tomondan bizga qarshi qilinadigan harbiy-siyosiy raqobat ta’siridan himoya qiladi”, - deb hisoblaydi mutaxassis.
Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 11 ta – Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.