Tabriklayman, uka! – dedi Stiven Sigal Otabek Umarovga

Amerikalik taniqli aktor va yakkakurash ustasi Stiven Sigal Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA Assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Taniqli aktor va yakkakurash ustasi Stiven Sigal o‘z Instagramida Otabek Umarovni O‘zbekiston Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi.

“Do‘stim Otabek Umarov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi. Tabriklayman, uka!”, — deb izoh qoldirgan aktor.

Eslatib o‘tamiz, Stiven Sigal O‘zbekistonga bundan 2-yil oldin tashrif buyurgan edi. 2017-yilning sentabrida Toshkentda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng katta osh pishirilgan vaqtida Sigal taklif qilingan mehmonlar qatorida edi.