TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Tokioda o‘tkazilgan "Miss Interneshnl" (Miss International) xalqaro go‘zallik tanlovida tailandlik Bint Sayrisorn g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Tailandlik ayolning kasbi - farmatsevt. Sentabr oyida “Miss Tailand” faxriy nomini olgan.
"Miss Interneshnl" — jahondagi eng mashhur go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi. Bu yilgi tanlovda 83 ta davlatdan go‘zallar ishtirok etdi.
Tanlovning asosiy g‘oyasi - bu dunyo go‘zallik bayrami, unda nafaqat ishtirokchilarning tashqi ko‘rinishi, balki axloqiy fazilatlari ham baholanadi.